Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.
Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.
Avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sirdaryoning Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Sirdaryo tumani hokimi ishdan olinib, o‘rniga Sayxunobod tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Botirjon Mirzaqulov tayinlandi. Sayxunobodga esa viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Farrux O‘ktamjonov hokim bo‘ldi. Shahrisabz hokimi ham o‘zgardi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting